“Yil diplomati” respublika koʻrik-tanlovi masalalari muhokama qilindi

    Mamlakatimizda 2 Dekabr 2021 1813

    2021-yil 1-dekabrda “Yil diplomati” respublika koʻrik-tanlovi tadbirlariga tayyorgarlik masalalarining ishchi muhokamasi boʻlib oʻtdi.

    Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar
    va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzolari hamda mamlakatimiz Tashqi ishlar vazirligining masʼul xodimlari ishtirok etdi.

    Majlisda tanlovda ishtirok etayotgan nomzodlar haqida maʼlumotlarning toʻliqligini taʼminlash muhimligi qayd etildi.

    Koʻrik-tanlovning yakuniy taqdirlash marosimini yuqori saviyada oʻtkazish yuzasidan zaruriy tashkiliy chora-tadbirlar boʻyicha kelishib olindi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati.