“Yil imomi – 2023” gʻolibi haj yoʻllanmasi bilan taqdirlandi

    Shu yil 5-dekabr kuni masjidlarda faoliyat yuritayotgan imom-domlalar oʻrtasida “Yil imomi – 2023” koʻrik tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.

    Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bosqichlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 14 nafar imom-domla bellashdi.

    Ishtirokchilar Qurʼoni karim qiroati va tafsiri, aqida, fiqh, Islom tarixi, hadis ilmlari, allomalar ijodiga oid savollarga javob berdi.

    Shuningdek, mehnat faoliyatlari davomida amalga oshirgan ishlari va ijodlarini namoyish etdi Qatnashchilarning chiqishlari hakamlar hayʼati tomonidan mezonlar asosida baholandi.

    Tanlov natijalariga koʻra, quyidagi ishtirokchilar sovrinli oʻrinlarga munosib topildi:

    1-oʻrin – Toshkent shahridagi “Xolid ibn Valid” jome masjidi imom-xatibi Isroiljon domla Ismoiljonovga I darajali diplom va Haj safari yoʻllanmasi;

    2-oʻrin – Andijon viloyatidagi “Mirzaxoliq ota” jome masjidi imom-xatibi Muhammadiyxon domla Hojiyevga II darajali diplom va 15 mln. soʻm pul mukofoti;

    3-oʻrin – Samarqand viloyatidagi “Shayx Xudoydod Vali” jome masjidi imom-xatibi Anvar domla Ahmedovga III darajali diplom va 12 mln. soʻm pul mukofoti topshirildi.