Koronavirus zaiflashmoqda, emlash butun dunyoda keng qo'llanilmoqda va 2022 yil oxirida pandemiya tugagani e'lon qilinishi mumkin. Ushbu fikrni "Izvestiya" gazetasiga bergan intervyusida epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi bosh ilmiy xodimi aytib o'tdi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, pandemiya boshlanganidan buyon virusdan o'lim darajasi 5-6 foizdan 0,5-0,4 foizgacha pasaygan, ayrim mamlakatlarda esa bu ko'rsatkich 0,3-0,1 foiz darajasida.

Uning so'zlariga ko'ra, keng qo'llaniladigan emlash, shuningdek, virus shtammlarining "zaiflashishi" kasallanishning ortishini ancha kamaytirdi.

"O'ylaymanki, yil oxirigacha koronavirus bilan kasallanish darajasi keskin kamayadi. Va ushbu davrga kelib Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti pandemiya tugaganini rasman e'lon qilishi mumkin", dedi virusolog.