Hokimlar mavjud oziq-ovqat maydonlarini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirishda tashabbus koʻrsatmayotgani qayd etildi.
Shu munosabat bilan hamda aholi dasturxonining toʻkin-sochinligini oʻylab, yil oxirigacha oziq-ovqat mahsulotlari boʻyicha import bojlaridan imtiyoz berilishi taʼkidlandi.
Bundan tashqari, 1-maydan ijtimoiy reyestrga kirgan aholiga mol, qoʻy va parranda goʻshti, tuxum va oʻsimlik yogʻi xarid qilsa, qoʻshilgan qiymat soligʻi qaytariladi. Bu orqali 2 milliondan ortiq oilaga yengillik yaratiladi.