Isteʼdodli va shijoatli yoshlarni kashf etish va ularni ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkaziladigan mazkur tanlovda joriy yilda 7000 nafardan ortiq talaba ishtirok etdi. Shundan OTMlardan jami 427 ta hujjat respublika bosqichiga saralandi.
Tanlovning yakuniy bosqichi Ishchi guruhi aʼzolari tomonidan onlayn tarzda oʻtkazildi va Tashkiliy qoʻmitaning yakuniy xulosasiga koʻra 21 nafar talaba gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
“Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi
1-oʻrin – Maʼrufjon Poʻlatov, Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi;
2-oʻrin – Nuriddin Qurbonov Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabasi;
3-oʻrin – Nursulton Shayxislomov, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi
“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi:
1-oʻrin – Abdurauf Abdurashidov, Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi;
2-oʻrin – Madina Qaxxarova, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi;
3-oʻrin – Islombek Raxmonberdiyev, Fargʻona politexnika instituti talabasi.
Gʻoliblarni taqdirlash marosimiga bagʻishlangan tadbir davom etmoqda. Batafsil maʼlumot beriladi.








