Qayd etilganidek, shahrni joriy yil ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini oʻsish surʼatlarida bajarish, turmush tarzini yaxshilash, aholi jon boshiga xizmatlarini oshirish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga ajratilgan mablagʻlar va aholini real daromadlarini oshirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, pandemiya natijasida karantin cheklovlari oʻrnatilishiga qaramasdan, shaharda oʻtgan davr davomida deyarli barcha iqtisodiy koʻrsatkichlar belgilangan rejadan oshirib bajarildi.
Jumladan, iqtisodiy koʻrsatkichlarni yetakchi tarmogʻi boʻlgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻnalishida oʻtgan 9 oy davomida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 4,9 trillion soʻmni tashkil qildi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ularning faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida, shaharda “Tadbirkorlar uyi” tashkil etildi. Mazkur “Tadbirkorlar uyi”ga Savdo-sanoat palatasi, “Loyihalar fabrikasi”, salohiyatli loyiha institutlari, Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi xodimlari joylashtirildi.
Shuningdek, “Tadbirkorlar uyi”ga ish joyi saqlangan holda tijorat banklari, Davlat xizmatlari agentligi shahar boʻlimi, shahar Qurilish boshqarmasi, Kadastr agentligi shahar boʻlimi hamda kommunal idoralardan malakali mutaxassislari safarbar etildi.
Shaharda joriy yilning oʻtgan davrida mingdan ziyod kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.
Koronavirus pandemiyasi davrida kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, turizm va xizmatlar sohasiga iqtisodiy koʻmak berish maqsadida, 32 ming 722 ta holatda 2,5 trillion soʻmlik kredit mablagʻlari ajratildi.
11 oyda 22 million dollar eksport amalga oshirilib, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga oshishiga erishildi.
Fargʻona shahrida 2020-yilda 33 ta loyiha orqali 21,1 million dollarlik xorijiy investitsiya mablagʻlari oʻzlashtirilishi belgilangan boʻlsa, joriy yilning 9 oyida 30 ta korxona tomonidan 25,3 million dollarlik investitsiya jalb qilindi.
Tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda, ularning 60-70 foizida yer ajratish masalasi koʻtarilmoqda. Shundan kelib chiqib, kichik sanoat zonalari tashkil qilish oʻz samarasini bermoqda.
Shahardagi 4 ta kichik sanoat zonalarining umumiy yer maydoni 51,3 gektarni tashkil qilib, ularda 2020-2021-yillarda umumiy qiymati 1 trillion soʻmga teng boʻlgan 65 ta loyiha amalga oshirilishi hisobiga 3,4 mingta yangi ish oʻrni yaratilishi belgilab olingan.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida 8 ta loyiha tomonidan 43,9 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Bu oʻz navbatida, 4,3 million dollar miqdorida valyuta zaxirasini tejashga erishildi.
Jumladan, shahardagi “Gold quality invest” xususiy korxonada 550 ming dona qiymati 4,6 milliard soʻmlik bolalar oʻyinchoqlari, “OIL FILTER TECHNOLOGIES” MCHJda 9,7 ming dona qiymati 16,5 milliard soʻmlik turli xil filtrlar, “Bontech Medical” MCHJda 42 dona qiymati 7,5 milliard soʻmlik detektor ishlab chiqarish, harbiy turdagi partotiv tungi rentgen apparatlar ishlab chiqarildi.
Aholini qiynalgan qatlamini ijtimoiy himoya qilish va ehtiyojmand oilalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda daromadsiz qolgan fuqarolarga yordam berish maqsadida, shahardagi mavjud 90 ming 415 ta oilalardan 7 ming 503 tasi “Temir daftar”ga kiritildi.
Shuningdek, 4 ta sektor rahbarlari va ularning ishchi guruhlari tomonidan oʻzlarining hududlarida oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida, kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalar qoʻshimcha ravishda “Temir daftar”ga kiritilib, ularning soni 10 ming 659 taga yetdi.
Mazkur daftarga kiritilgan oilalarda, mehnatga layoqatli 7 ming 62 nafar fuqaroning 7 ming 44 nafari bandligi taʼminlandi.
Shaharda qishloq hoʻjaligi ekinlari yetishtirish uchun 1 ming 706 gektar ekin yer maydoni mavjud. Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida 2021-yilga 5 ta loyihada tadbirkorlar tomonidan 11 milliard soʻmlik investitsiya kiritish orqali aholiga meva-sabzavot, goʻsht mahsulotlarini qayta ishlash yoʻlga qoʻyiladi.
Aholini ichimlik suvi bilan taʼminlanish borasida shaharda 284 mingdan ortiq aholining 98 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangan, 6,5 ming nafar, yaʼni 2 foizi aholi muqobil manbalar orqali ichimlik suvi bilan taʼminlanadi. Shuningdek, 215 mingdan ziyod aholi 74 foizi markazlashtirilgan oqava suv xizmatlari bilan taʼminlangan.
2021-yilda aholining elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 80 kilometr elektr tarmoqlari va 50 ta transformator punktlarini mukammal taʼmirlash kerak. 48,1 kilometr elektr tarmogʻi va 7 ta transformator punktlarini yangi oʻrnatish zarur. Bu kelgusi yil dasturiga kiritildi.
Kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish maqsadida 1 ming 307 ta gaz taqsimlash qurilmalari toʻliq taftishdan oʻtkazildi. 42,7 kilometr quvurlar zichlikka sinab, pudlab tozalash ishlari amalga oshirildi hamda 21,6 kilometr gaz tarmogʻi asboblar yordamida tekshirish ishlari bajarildi.
2021-yil davomida shahardagi “Meridian Oncologycal Hospital” MCHJda qiymati 200 milliard soʻmlik, “Meridian Diagnostic Hospital” MCHJning qiymati 30,1 milliard soʻmlik tibbiy xizmat koʻrsatish tashkil qilinishi rejalashtirilgan. Shuningdek, loyiha qiymati 85,7 millard soʻmga teng boʻlgan Janubiy Koreya davlati hamkorligida “KOICA” oʻquv markazi tashkil etiladi hamda “ANGLESEY FOOD” MCHJda qiymati 25 milliard soʻmlik koʻngil ochar savdo majmuasini tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish koʻzda tutilgan.