2023-yilda esa 813 ming ta’lim muassasalari bitiruvchilari, 241 ming mehnat migratsiyasidan qaytgan migrantlar, 21,4 ming muddatli harbiy xizmatdan ozod etilganlar, 13,4 ming ishini yo‘qotgan shaxslar mehnat bozoriga kirib kelishi kutilmoqda.

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida respublika bo‘yicha jami 5 ming 199 ming aholi bandligi ta’minlangan. 

Qayd etilishicha, joriy 9 oy davomida korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan 37,7 mingta buyurtmalarga asosan 94,8 ming band bo‘lmagan aholi haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan. 

Joriy yilda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 425,8 ming nafar ishsiz xotin-qizning bandligini ta’minlash belgilangan bo‘lib, hozirga qadar 409 ming nafarining bandligiga ko‘maklashilgan.

Bundan tashqari, 1 million 200 mingta kambag‘al oilalar ro‘yxati shakllantirilib, “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritilgan.

Yil yakuniga qadar O‘zbekistonda 127 ming 500 ta oila kambag‘allikdan chiqarilib, kambag‘allik darajasini 12 foizga tushirish choralari ko‘rilayotgani alohida ta’kidlangan.