Yil yakunigacha 300 ta kon va maydonlar sotiladi

    Yer osti boyliklarini oʻzlashtirishga tadbirkorlarni keng jalb etib, ishlab chiqarishni koʻpaytirish muhimligi taʼkidlandi.

    Shu yilning oʻzidayoq 150 tadan ortiq kon va maydonlar tadbirkorlarga sotildi.

    Yil yakunigacha yana 300 ta kon va maydonlar tadbirkorlarga taklif qilinadi.

    Qurilishda qum-shagʻalga ehtiyojni qoplash maqsadida 110 million kub metr zaxirali 172 ta kon ham tadbirkorlik uchun ajratiladi.