26-noyabrga qadar davom etadigan tadbirda Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Paxtachilik” ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari va sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etadi.
Tajriba almashishning birinchi kuni biologik chiqindilardan kompost usulida organik oʻgʻit ishlab chiqarish tizimi va infratuzilmasi bilan tanishildi.
Oʻzbekiston sharoitida ushbu tizimni joriy etilishi natijasida yiliga 3,5 million tonna maishiy chiqindilarni poligonlarga tashlanishi oldi olinib, 2,5 million tonnagacha organik oʻgʻit ishlab chiqarishga erishish mumkin.
Aytish joiz, organik chiqindilar atmosfera havosiga issiqxona gazlari – karbonat angidrid, metan hamda zaharli gaz — ammiak tashlovchi manbalar hisoblanib, ularni qayta ishlash zararli gazlarni tashlanishini qisqartiradi.
Feruza Joʻrayeva.