Bugun, 13-dekabr kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan onlayn auksionga qoʻyilgan davlat mulki boʻyicha 3 nafar ishtirokchi oʻrtasida qizgʻin bahs bordi.
Boshlangʻich narxi 204 mlrd. soʻm boʻlgan davlat mulki 1 soat 23 minut davom etgan savdoda 15 qadam narxi oshirilib 266,4 mlrd. soʻmga sotildi.
Savdoda “Doʻmbrobod city group” MCHJ gʻolib va “Build power” MCHJ rezerv gʻolib deb topildi.
Maʼlumot uchun, Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan davlat mulki 27,9 gektar yer maydoni hamda 29851 kv.m bino-inshootlarga ega. Shaffof oʻtgan onlayn auksionni e-auksion.uz platformasidan roʻyxatdan oʻtmasdan turib ham toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borish imkoniyati yaratildi.