Isroil G'azo shahriga 20 daqiqa ichida vertolyotlar bilan birga 37 marta zarba berdi. Bu haqda Ynet portali xabar berdi.

Unga ko'ra, Isroil armiyasi uchuvchisiz uchoqlar va vertolyotlardan foydalangan, shuningdek, artilleriyadan o't ochgan. Nashrning yozishicha, shahar aholisi hujumga uchragan hududlardan ommaviy ravishda evakuatsiya qilinmoqda.

Avvalroq Axios portali Isroil rahbariyatidagi manbaga tayanib, 15-sentabr kuni Isroil Falastinning G'azo shahri ustidan nazorat o'rnatish maqsadida unga hujum boshlagani haqida ma'lum qilgandi, deb xabar berdi tass.ru.