Ijtimoiy tarmoqlarda dorixonalarda oʻtkazilgan tezkor reydlar natijasida “Yodomarin”, “Kardiomagnil” va “Nimesil” dorilarining qalbaki turlari aniqlanganligi haqida turli xabarlar tarqalmoqda.

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabariga koʻra, “MER Kardimagnis”, “Nimesul” va “Yodo-Narim” dori vositalari farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati uchun berilgan litsenziyaga ega korxona tomonidan ishlab chiqarilgani, belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, “Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestri”ga kiritilgani, akkreditatsiyadan oʻtgan sertifikatlashtirish organlari tomonidan tegishli laboratoriya sinovlaridan oʻtkazilib, muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan mahsulot ekanini va bu dori vositasining sifati borasida yurtdoshlarimiz xavotirga tushmasliklari kerakligini bildiradi.