Yog' qayerda arzon?

    Bugun bozorlarda o'simlik yog'i narxi muttasil oshishda davom etayotgani ko'plab muhokamalarga sabab bo'lmoqda.

    O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi xodimlari o'simlik yog'i narxining oshishi borasida monitoring ishlarini olib borganda joylarda narx-navo quyidagicha ekani ma'lum bo'ldi:

    Qoraqalpog'iston Respublikasida kungaboqar yog'ining litri 18-21; paxta yog'i – 13-18 ming so'm
    Navoiy viloyatida kungaboqar yog'ining litri 17-24 ming; paxta yog'i – 15-20 ming
    Qashqadaryo viloyatida kungaboqar yog'ining litri 18-20 ming; paxta yog'i – 17-20 ming
    Surxondaryo viloyatida kungaboqar yog'ining litri 19-22 ming; paxta yog'i – 16-18 ming
    Jizzax viloyatida kungaboqar yog'ining litri 19-21 ming; paxta yog'i – 15-19 ming
    Samarqand viloyatida kungaboqar yog'ining litri 18-26 ming; paxta yog'i – 14-22 ming
    Farg'ona viloyatida kungaboqar yog'ining litri 18,5-25 ming; paxta yog'i – 14-19 ming
    Namangan viloyatida kungaboqar yog'ining litri 18-22 ming; paxta yog'i – 16,5-18 ming
    Andijon viloyatida kungaboqar yog'ining litri 18-23 ming; paxta yog'i – 12-20 ming
    Buxoro viloyatida kungaboqar yog'ining litri 17-22 ming; paxta yog'i – 18-23 ming
    Toshkent shahrida kungaboqar yog'ining litri 18-22 ming; paxta yog'i – 16-20 ming

    O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish

    jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati