Havo harorati 10-12° ga pasayishi kutiladi.
Ushbu kunlari kunduz kunlari harorat 10-13° iliqni, 10-11-oktyabrda kechalari 2-5° iliqni tashkil etadi. Shimolda 9-10-oktyabrda kechalari baʼzi joylarda 0-3° sovuqgacha boʻladi.
9-10-oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi, koʻrinuvchanlik yomonlashadi.
9-10-oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutiladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati markazi.