Yogʻoch taxtalar ostiga yashirilgan alkogol mahsulotlari fosh boʻldi

    “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti orqali noqonuniy alkogol mahsulotlarini olib kirmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi.

    Qayd etilishicha, “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postiga fuqaro boshqaruvida kirib kelgan yengil avtotransport vositasi bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan bojxona tekshiruvlarida avtoulovning tirkama qismidagi yogʻoch taxtalari ostida, bojxona nazoratidan yashirilgan 118 litr alkogol mahsulotlari fosh etildi.

    Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

    Eslatib oʻtamiz, jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtishning amaldagi tartiblariga koʻra, jismoniy shaxslar mamlakatimizga alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni 2 litrgacha bojsiz olib kirishlari mumkin.