Bu haqida Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Oʻzbekistonda yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida, toʻrt tasmali yoʻllarning piyodalar oʻtish joylarida, shuningdek, tez-tez YTH sodir boʻladigan joylar va temir yoʻl kesishmalarida foto va video qayd etish uchun maxsus avtomatlashtirilgan dasturiy-texnik vositalarni bosqichma-bosqich oʻrnatish boshlanadi. Ushbu yangilik 2024-yil 1-iyuldan boshlab amalga oshirila boshlaydi.
Bu Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilib, YHXX tomonidan belgilanadigan joylarga oʻrnatiladi.
Shuningdek, endi kameralar koʻp YTH sodir boʻladigan joylarda ham boʻladi.
Maʼlum qilinishicha, videokuzatuv kameralari baxtsiz hodisalar sonini kamaytirishga yordam beradi va shuning uchun yoʻlni kesib oʻtishda piyodalarni himoya qiladi.