Yoʻl harakati qoidalarida 6-band quyidagi mazmundagi yigirma sakkizinchi – oʻttiz ikkinchi xatboshilar bilan toʻldiriladi:
- “Avariya oʻchogʻi” (yoʻl-transport hodisasi oʻchogʻi) – yoʻl harakati ishtirokchilari uchun moʻljallangan avtomobil yoʻli, koʻchalar, chorrahalar aholi punktidan tashqari joylarda 1 000 metrdan yoki aholi yashash punktida 200 metrdan ortiq boʻlmagan qismida bir yil davomida bir xil turdagi uch yoki undan ortiq yoʻl-transport hodisalari yoki turlaridan qatʼiy nazar besh va undan ortiq yoʻl-transport hodisalar sodir boʻlishi natijasida odamlar halok boʻlgan yoki jarohatlangan joy.
“Avariya oʻchogʻi” hududlari quyidagi uzoq muddatli, mavsumiy va vaqtinchalik turlariga boʻlinadi:
- uzoq muddatli – bartaraf etilishi, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan bino va inshootlarni koʻchirish, togʻ yon bagʻrilarini katta hajmda oʻyish, katta suv havzalari ustidan koʻpriklar qurish va uzoq muddatli yoʻl qurilish kabi jarayonlarni talab etadigan hudud;
- mavsumiy – ob-havo sharoiti taʼsiri natijasida yoʻl-transport hodisasi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavfli avariya hududi;
- qisqa muddatli – bartaraf etish muddati uch oygacha boʻlgan davrni talab etadigan xavfli avariya hududi».
Ogohlantiruvchi belgilari quyidagi mazmundagi 1.15.1 va 1.36-bandlari bilan toʻldiriladi:
- “1.15.1 «Zanjirli gʻildiraklar va shinalar bilan harakatlanish”. Ushbu yoʻl belgisi ogohlantiruvchi yoʻl belgisi, togʻli va choʻl hududlarda qish mavsumida yoʻllarda hosil boʻlgan qor va muzlamalarda transport vositalarining uzluksiz va xavfsiz harakatlanishini tashkil etish maqsadida tavsiya etish yuzasidan shuningdek, avtomobil yoʻllaridagi qor va muzlamalar toʻgʻrisida haydovchi va piyodalarning eʼtiborini jalb etish maqsadida qoʻllaniladi;
- “1.36 «Yoʻl-transport hodisasi oʻchogʻi”. Ushbu yoʻl belgisi 3.24 – “Yuqori tezlik cheklangan” taqiqlovchi yoʻl belgisi, 7.1.1–7.1.4 – “Obyektgacha boʻlgan masofa”, 7.2.1–7.2.6 – “Taʼsir oraligʻi”, 7.3.1–7.3.3 – “Taʼsir yoʻnalishi” qoʻshimcha axborot belgilari bilan, shuningdek, yoʻl-transport hodisalarining turi, xavflilik darajasidan kelib chiqqan holda oʻrnatilishi mumkin»;
Qoʻshimcha axborot belgilari quyidagi mazmundagi 7.27, 7.28, 7.29 va 7.30-bandlar bilan toʻldiriladi.
“7.27. «Piyodani urib yuborish”. Piyoda bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisasi xavfi mavjudligini bildiradi.
7.28 “Transport vositalari toʻqnashuvi”.Transport vositalari toʻqnashuvi xavfi mavjudligini bildiradi.
7.29. “Velosipedchini urib yuborish”. Velosipedchini urib yuborilish xavfi mavjudligini bildiradi.
7.30. “Transport vositalari agʻdarilishi”.Transport vositasi agʻdarilish xavfi mavjudligini bildiradi»;
Yoʻl belgilarning tasvirlari tushirilgan qismida:
“1.15 Sirpanchiq yoʻl” yoʻl belgisining tasviridan keyin quyidagi koʻrinishdagi yoʻl belgisining tasviri bilan toʻldiriladi:
“1.15.1«Zanjirli gʻildiraklar va shinalar bilan harakatlanish”
“1.35 Piyodalarning yoʻl yoqasidan yurishi mumkin boʻlgan hudud” yoʻl belgisining tasviridan keyin quyidagi koʻrinishdagi yoʻl belgisining tasviri bilan toʻldiriladi:
“1.36. Avariya «oʻchogʻi”»;
“7.26. Sunʼiy notekislik” yoʻl belgisining tasviridan keyin quyidagi koʻrinishdagi yoʻl belgilarning tasviri bilan toʻldiriladi:









