Yoʻl harakati qoidalarida jiddiy oʻzgarishlar boʻlishi kutilmoqda

    Transport 4 Aprel 2021 926

    Yoʻl harakati qoidalari mutaxassislar tomonidan qayta oʻrganilib chiqilmoqda.

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrda 370-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl harakati qoidalari”ga asosan yoʻllarda tartib va intizom bilan harakatlanish DYHXX xodimlari tomonidan nazoratga olingan.


    IIV YHXBB binosida masʼul xodimlar hamda “Vatanparvar”, “TRANSKASB”, “AVTOTEST REPORT” tashkilotlarining tajribali mutaxassislari ishtirokida amaldagi “Yoʻl harakati qoidalari”ning har bir bandi qayta oʻrganilib chiqilmoqda.Vaqt oʻtib yangiliklar, turli texnologiyalar yaratilib, mukammallashib borgani, transport vositalari soni ortgani sayin ushbu qoidalarga ham oʻzgartirishlar kiritish zaruriyati yuzaga keladi.

    Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmatiMutaxassislar tomonidan berilgan asosli takliflar eshitilib, qatnashchilar tomonidan oʻzaro ilmiy jihatdan munozara va fikrlar almashinuvi boʻlib oʻtmoqda.