Rossiya Federatsiyasining “Xalqaro avtomobillar tashuvlari ustidan davlat nazorati va ularni amalga oshirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida”gi qonuniga binoan 2021-yil 7-iyuldan haydovchi chegaraga kelgach, unga uch soat muddat beriladi. Ushbu vaqt davomida jarima toʻlanmasa, unga Rossiyadan chiqib ketishga ruxsat berilmaydi.
Yangi tartib boʻyicha chet el transportlarining 2020-yil 8-dekabrdan keyingi jarimalari inobatga olinadi.
Chet ellik haydovchi toʻlanmagan jarima bor yoki yoʻqligini Gosavtoinspeksiya rasmiy veb-saytidagi “Proverka shtrafov GIBDD” xizmati orqali mustaqil aniqlashi mumkin, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.