Chilonzor metro bekati oldidagi chorrahada yuz bergan holat  ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻldi.

Bugun, 2-iyun kuni ochiq sud majlisida M. T. (2000-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan) va D. P. (2004-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, muqaddam maʼmuriy javobgarlikka tortilgan) ga oid maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudining 2023-yil 2-iyundagi qaroriga koʻra M. T. va D. P. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, ushbu kodeksning 32-moddasi (maʼmuriy javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holatlar) 4-qismi tartibida ularning har biriga 3 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Ushbu qarordan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest bildirishga haqliligi maʼlum qilindi.