Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 14-fevral kuni soat 17:00 atrofida yoʻl patrul xizmati xodimi davlat raqamisiz harakatlanayotgan avtoulov boshqaruvchisining hujjatlarini tekshirish maqsadida unga toʻxtatish ishorasini beradi.
Xodimning taʼkidlashicha, avtotransportni toʻxtatib, haydovchidan hujjatlarini taqdim etishini soʻragan. Biroq avtoulov egani mazkur talabga boʻysunmay harakatni katta tezlikda davom ettirdi.
Shu payt avtomashinaga juda yaqin turgan yoʻl patrul xizmati xodimi yerga yiqilib, yengil turdagi tan jarohati oldi.
Ushbu holat Yunusobod tuman sudida koʻrib chiqildi.
Sudlanuvchi uch yilu olti oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi. Jazoni oʻz yashash uyida Kechki soat 20:00dan ertalabki soat 07:00ga qadar oʻtash belgilandi.