Yoʻl qurilishi sohasida Oʻzbekiston-Germaniya qoʻshma korxonasi tashkil etiladi

    Bu haqda “Papenburg Uzbekistan” Oʻzbekiston-Germaniya qoʻshma korxonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (471-son, 10.08.2020-yil) qabul qilindi.

    Unga koʻra:

    Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va “GP Gunter Papenburg AG” kompaniyasi (Germaniya) oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl qurilishi uchun asvalt-beton qorishmalar, tayyor beton buyumlar ishlab chiqarish, shuningdek, Germaniya texnologiyalari va asbob-uskunalarini qoʻllagan holda, qurilish-montaj ishlarini bajarish boʻyicha masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “Papenburg Uzbekistan” qoʻshma korxonasi tashkil etiladi.

    “Papenburg Uzbekistan” MCHJ ustav fondining 30 foizi Qoʻmita tarkibidagi “Transyoʻlqurilish” DUKning Markaziy Bankning kursi boʻyicha oʻtkazilgan 1 714 286 yevro ekvivalentidagi pul mablagʻlari hisobidan,

    70 foizi esa “GP Gunter Papenburg AG” (Germaniya)ning “Papenburg International GmbH” kompaniyasi tomonidan bir yil davomida oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan kamida 4,0 million yevro miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyasi hisobiga shakllantiriladi.

    Shuningdek,

    “Papenburg Uzbekistan” MCHJga istisno tariqasida, asfalt-beton qorishmalar va beton buyumlar ishlab chiqarishda foydalanish maqsadida Chirchiq daryosi irmoqlari uchastkasini tozalashda qum-shagʻal materiallari qazib olish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo” DUK bilan shartnoma tuziladi.