Poytaxtimizda transport vositalari soni ortib bormoqda. Ayrim koʻchalardagi yoʻnalishlar, yoʻl harakati belgilari qatnovga noqulaylik tugʻdirmoqda. Shu sababli yirik koʻchalar va chorrahalarda tirbandliklar yuzaga kelmoqda.

Ushbu muammoni bartaraf etish, haydovchi va yoʻlovchilarga qulayliklarni oshirish maqsadida muhandislik yechimlari ishlab chiqilgan. Xususan, Mirzo Ulugʻbek tumani hududidagi Parkent koʻchasi va Kichik halqa yoʻlini Mustaqillik shoh koʻchasi bilan bogʻlaydigan yangi yoʻnalish ochish rejalashtirilgan.

Taqdimotda davlatimiz rahbari Transport vaziriligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligiga tirbandliklar yuzaga kelayotgan oʻndan ortiq koʻchada qisqa muddatlarda qoʻshimcha harakat yoʻnalishlarini ochish boʻyicha topshiriq berdi.