Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra:
- Yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan yoʻnalishli jamoat transporti vositalari harakatlanishi mumkin va boshqa transport vositalari ushbu yoʻlakda harakatlanishi taqiqlanadi, bundan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari mustasno;
- Yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan, tasmasi bor yoʻlda harakatlanishi taqiqlangan transport vositalari ushbu yoʻldan faqat yondosh hududga kirish yoki chiqish maqsadida yondosh xududning kirish yoki chiqish joyidan 50 metr masofada uzuq-uzuq chiziqli joygacha yoxud yaqin masofadagi uzuq-uzuq chiziqli joygacha harakatlanishi mumkin.
Bunda transport vositasi ushbu yoʻlakda harakatlanib kelayotgan yoʻnalishli transport vositasi harakatiga toʻsqinlik qilmay, unga yoʻl bergandan soʻng yondosh hududga kirish yoki chiqish harakatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.