Yolgʻiz ona jarimaga tortildi

    Voqea-hodisalar 24 Iyun 2020 1786

    Tojikiston sudi koʻp farzandli yolgʻiz onani qizining tugʻilgan kunini nishonlagani uchun jarimaga tortdi.

    Dushanbe shahrining Ismoil Somoniy tuman sudi yetti farzandning onasi, 56 yoshli Zebiniso Saydaliyevani qizining tugʻilgan kunida 20 nafar mehmonni taklif qilgani uchun jarimaga tortdi. Bu haqda tuman sudining veb-sayti xabar berdi.

    “Anʼanalar, tantanalar va marosimlarni tartibga solish toʻgʻrisida” gi qonunni buzgani uchun ayolga 5800 somoniy (550 AQSh dollari) miqdorida jarima solindi, chunki qonunga koʻra tugʻilgan kunni faqat oila aʼzolari bilan nishonlash mumkin.

    Sudning taʼkidlashicha, Saydaliyeva bolalarni yolgʻiz oʻzi tarbiyalaydi va vaqtincha ishsiz. Ayol aybini tan oldi va pushaymon boʻldi, ammo, sud huquqbuzarga maksimal jarimani tayinlashga qaror qildi.