“BUKHARA NEWS” axborot resursi tomonidan maʼlumotlarning haqqoniyligi oʻrganilmasdan videomurojaat eʼlon qilinganligi oqibatida aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan maʼlumotlar tarqatilganligi holati boʻyicha viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 244¹-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12¹- moddasida axborot resursining egasi, shu jumladan blogerlarga oʻz veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga yoxud boshqa axborot resursiga hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot joylashtirilguniga qadar uning toʻgʻriligini tekshirish majburiyati yuklatilgan.

Qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlarini olib borish viloyat IIBga yuklatildi.

Tergov jarayoni toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot beriladi.