Unga koʻra, kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarini boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, tez tibbiy yordam hamda yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari transport vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan maʼmuriy ishlarni ortiqcha qogʻozbozlikni bartaraf etish maqsadida tugatish tartibi joriy etilishi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot jarima solish haqida qaror chiqarishga vakolatli boʻlgan shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish yuritilmasligi belgilanmoqda.