Yo'llarning o'z vaqtida va sifatli qurilishini Transport prokurori nazorat qiladi

    Bu yil “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va boshqa dasturlar doirasida 10 ming 114 km ichki xo'jalik yo'llarini qurish va ta'mirlash uchun 3,6  trillion so'm mablag' ajratilmoqda.

    O'zbekiston Respublikasi Transport prokurori vazifasini bajaruvchi Ma'rufxon Xojaev boshchiligida Avtomobil` yo'llari qo'mitasida Prezidentimizning shu yil 2 apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori ijrosini samarali tashkil etish, ajratilgan mablag'lardan oqilona va maqsadli foydalanishni ta'minlash, talon-torojning oldini olish bo'yicha videokonferentsaloqa tarzidagi kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

    Yig'ilishda qarorda belgilangan vazifalarni to'g'ri tashkil etish, barcha mas'ullar hamjihat bo'lib, har bir ob'ekt bo'yicha tizimli nazoratni ta'minlashi zarurligi xusuida so'z bordi.

    Bu yil “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va boshqa dasturlar doirasida 10 ming 114 km ichki xo'jalik yo'llarini qurish va ta'mirlash uchun 3,6 trillion so'm mablag' ajratilmoqda.

    Ajratilayotgan mablag'lar manzilli va samarali ishlatilishini ta'minlash, talon-torojning oldini olish maqsadida Transport prokurorining farmoyishi bilan Respublika Transport prokuraturasi shtabi, hududlarda quyi transport prokurorlar rahbarligida alohida ishchi guruhlar tashkil etildi.

    Har bir yo'l qurilishi ob'ektida ish jarayoni borishini kundalik o'rganish uchun prokuratura va boshqa mas'ul idoralardan malakali mutaxassislar biriktirilib, yo'l qurilishini o'z vaqtida va sifatli bajarish, byudjet mablag'lari maqsadli ishlatilishini ta'minlash bo'yicha zarur topshiriqlar berildi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi axborot xizmati.