Bu jarayonda katta hajmdagi suv isrof bo'ladi. Shuningdek, yashil hududlarning favvoralar orqali pala-partish tarzda sug'orilishi daraxtlarning ildizini chiritishi barobarida yo'lni qayta ta'mirlash muammosini ham keltirib chiqaradi. Sug'orish favvoralari noto'g'ri ishlatilyapti. Demak ular ta'mirga va nazoratga muhtoj.
E'lon qilgan suratlar Mirobod tumanida joylashgan Matbuot uyi atrofida olingan. Mas'ullardan javob va muammoni bartaraf etilishini kutib qolamiz. Vaholanki, yurtimizda suv tanqisligi muammosi kuzatilayotgan joylar ham bor. Ayni vaziyatda “yo'lni sug'orish” to'g'rimikin?