Yoʻlovchi poyezdlarning chipta narxi oshdi

    Transport 1 Noyabr 2023 1167

    1-noyabrdan mahalliy poyezdlar chipta narxlari koʻtarildi. Xususan, yoʻlovchi poyezdlarida narxlarning tarif qismi 30−35 foizga, “Afrosiyob” elektropoyezdlariniki esa 60 foizga oshirildi.

    Oʻzbekistonda 1-noyabrdan mahalliy poyezd chipta narxlari oshirildi. “Oʻztemiryoʻlovchi” kompaniyasi saytida chiptalar narxlari oʻzgargan holda sotila boshlandi.

    Ushbu maʼlumotni “Gazeta.uz” muxbiri bilan gaplashgan kompaniya sotub boʻlimi operatori ham tasdiqladi.

    Qayd etilishicha, mahalliy yoʻnalishlardagi yoʻlovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 30−35 foizga, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari chiptalari toʻliq narxi 60 foizga oshirildi.