Ma'lumotlarga ko'ra, hech kim halok bo'lmadi, faqat bir necha kishi jarohatlandi.
Hodisa Somali poytaxti Mogadisho xalqaro aeroportiga qo'nayotganda sodir bo'ldi. Samolyot uchish-qo'nish yo'lagidan chiqib ketdi va dengizdan bir necha metr uzoqlikdagi beton to'siqqa borib urildi. Samolyot qo'nish moslamasi zarar ko'rdi va fyuzelyajda bir nechta yoriqlar paydo bo'ldi. Hodisa sabablari hozircha ekspertlar tomonidan aniqlanmagan, deb xabar beradi mir24.tv.