Yoʻlovchilar 10 kun ichida almashish tariflari orqali 420,3 mln soʻm tejadi

    Noyabr oyining birinchi oʻn kunligida jamoat transportida ATTO transport va virtual kartalari orqali 2,4 million sayohat amalga oshirilgan.

    Yoʻlovchilar ATTO transport va virtual kartalarida almashish tariflaridan foydalanib oʻz mablagʻlarini bir necha barobar tejamoqda.

    Bu haqda “Avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi operatori” MCHJ axborot xizmati maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, noyabr oyining birinchi oʻn kunligida jamoat transportida ATTO transport va virtual kartalari orqali 2,4 million sayohat amalga oshirilgan.

    Avtobuslarda — 1,49 million;

    Metropolitenda — 951 ming.