Xususan, amaldagi muntazam qatnovlardan tashqari joriy yil 27-dekabrdan 30-dekabrgacha Uzbekistan airways aviakompaniyasi tomonidan Toshkent – Nukus, Toshkent – Buxoro yoʻnalishlarida ikkitadan, Toshkent – Qarshi, Toshkent – Namangan, Toshkent – Termiz yoʻnalishlarida bittadan, Toshkent – Urganch yoʻnalishida esa qoʻshimcha uchta reys amalga oshiriladi. Natijada haftasiga qoʻshimcha qatnovlar soni jami 10 tani tashkil etadi.

Bundan tashqari Toshkent – Nukus, Toshkent – Buxoro va Toshkent – Urganch yoʻnalishlarida 7 ta parvozga 150 oʻrindiqli A 320 rusumli havo kemalari Boeing 757 (184 oʻrindiqli) va Boeing 767 (247 oʻrindiqli) rusumli havo kemalariga almashtirildi. Buning natijasida 427 ta qoʻshimcha yoʻlovchilar tashishga oʻrindiqlar yaratildi.

Temir yoʻl transportida esa “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan joriy yil 25-dekabrdan 2022-yil 10-yanvarga qadar yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdining “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yoʻnalishida har kunlik qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

Shuningdek, 27 hamda 29-dekabr kunlari “Toshkent – Buxoro – Urganch” yoʻnalishida qoʻshimcha ikkita yoʻlovchi poyezdi qatnovi tashkil etilishi belgilandi.

Bundan tashqari Toshkent – Termiz, Toshkent – Nukus, Toshkent – Urganch yoʻnalishlarida harakatlanayotgan yoʻlovchi poyezdlariga qoʻshimcha 4 tadan plaskart vagonlari ulanyapti.

Shuningdek, quyidagi yoʻnalishlarda Toshkent – Nukus (2 ta), Toshkent – Buxoro (12 ta) Toshkent –Jizzax (3 ta), Toshkent – Qarshi (16 ta), Toshkent –Navoiy (17 ta), Toshkent – Samarqand (19 ta), Toshkent – Termiz (43 ta), Toshkent – Sirdaryo (5 ta), Toshkent – Urganch (18 ta) qoʻshimcha avtobuslar qatnovi amalga oshiriladi.

Ushbu chora-tadbirlar natijasida aholining respublikamiz hududlari boʻylab transportda harakatlanishiga boʻlgan mavsumiy talab toʻla qondiriladi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.