Yoʻlovchilarni tomida olib yurgan Damas jarima maydoniga joylashtirildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda ikki kishi harakatlanayotgan Damas tomiga chiqib olgani aks etgan video tarqaldi.

    Voqea shu yilning 9-avgust kuni Romitan tumani hududidan oʻtuvchi A-380 avtomobil yoʻlining 236-kilometrida sodir boʻlgan, deya xabar beradi Buxoro viloyati IIB YHXB.

    Mazkur transport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi.

    Holat yuzasidan viloyat IIB JXX YHXB tomonidan qoʻshimcha surushtiruv harakatlari olib borilayotgani maʼlum qilindi.

    Tekshirish yakunlari yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.