Yoʻlovchini sudrab ketgan avtobusning beʼtibor haydovchisi ishdan boʻshatildi

    4-aprel kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanida 2-sonli avtobus eshikka qisilib qolgan yoʻlovchini sudrab ketdi

    Bu haqda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda avtobusning orqa eshigidan tushayotgan yoshi katta yoʻlovchi qisilib qolgani aks etgan video tarqaldi.

    Maʼlum qilinishicha, 2-sonli avtobus Toshkent shahridagi 145-maktab yonidagi bekatda toʻxtaganida yoʻlovchilarning biri tushib ulgurmasidan eshiklarni yopgan va yoʻlovchining qoʻli qisilgan holda 3−5 soniya harakatda davom etgan. Haydovchi esa buni payqamagan.

    “Harakatimni toʻxtatib, oldilariga borganimda uzrimni soʻradim. Vaziyatni tushuntirganimda, “Bolam, sen ketaver, mening oʻzimdan ham xato boʻldi”, deganlaridan keyin yoʻnalishimni yana davom ettirdim. Boshqa haydovchilardan ziyrakliklarini oshirishlarini soʻrab qolaman”, — dedi haydovchi.

    Avtobus saroyi vakilining maʼlum qilishicha, 2-sonli avtobus haydovchisi Sh.Q.ning qilgan harakati uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.