“Yonariq” MFY hududidan mazkur korxona qurilishi uchun jami 4,4 gektar yer maydoni ajratildi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, ushbu korxona Rossiya davlatining “Masterfud” MCHJ qo'shma korxonasining mamlakatimizdagi filiali bo'lib ish boshladi. Ayni damda korxonaning Rossiya davlati hamda beshta MDH davlatlarida o'zining tarmoq do'konlariga ega.
Tumanimizda amalga oshirilayotgan mazkur loyihaning umumiy qiymati 20 million dollar bo'lib, 10 xildan ortiq meva-sabzavotlarni qayta ishlash quvvatiga ega bo'ladi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 10 ming tonna bo'lib, yiliga 20-25 million dollar miqdorida eksport amalga oshiriladi. Bu ko'rsatkich esa yildan-yilga ortib borishi ko'zda tutilgan.
2023 yilning 1-choragida ishga tushishi mo'ljallanayotgan korxona aholi tomonidan etishtirilayotgan meva-sabzavotlarni, qolaversa, fermerlarga ham yetishtirgan mahsulotlarini realizatsiya qilinishini kafolatlaydigan bozorni shakllantiradi.
Shuningdek, korxona ishga tushgach, 300 ta yangi ish o'rni yaratiladi.
Korxonaga tamal toshi qo'yish tadbirida hamkorlar tomonidan loyiha taqdimoti bo'lib o'tdi. So'zga chiqqan tuman hokimi Abdurasul Abdullayev va boshqa mas'ullar so'nggi vatqlarda tumanda olib borilayotgan islohotlar haqida to'xtalib, jumladan, mazkur korxonaning istiqboli xususida alohida ta'kidlab o'tishdi. Xorijiy hamkorlarga boshlagan ishlarida yutuqlar tilashdi.