Gʻarbiy Avstraliya poytaxti Pert shahrida oʻrmon yongʻini boshlangani ortidan minglab odamlardan uylarini tark etish soʻralgan.

Taxminan 23 ming gektarga yaqin hudud vayron boʻldi. Kamida 73 ta uyning yaroqsiz holga kelgangi aytilmoqda.

Gʻarbiy Avstraliya bosh vaziri Mark Makgouenga koʻra, vaziyat yomonlashmoqda, kuchli shamol kelishi kutilmoqda. Shu boisdan odamlarga oʻz hayotini qutqarish uchun harakat qilish lozimligini taʼkidlagan.

Yongʻinning qayerdan va qanday kelib chiqqanligi nomaʼlum. Qurbonlar qayd etilmagan.

Mazkur shaharda bir kishida Covid-19 testi pozitiv chiqqanligi sababli 2 million kishiga 5 kunlik karantin chorasi joriy etilgan edi.

Yongʻinni nazorat ostiga olish uchun 250 oʻt oʻchiruvchi jalb etilgan.

Avstraliyada 2019-yil sentyabr oyida boshlangan va 2020-yilning martiga qadar davom etgan dahshatli oʻrmon yongʻinida 18 million gektar maydon kulga aylangan edi. Mazkur yongʻin Avstraliya tarixida “qora yoz” nomini olgan. Yongʻin davomida 445 kishi hayotdan koʻz yumgan, 3500 uy, 5 852 bino vayronaga aylangan, koʻplab jonivorlar hayotini yoʻqotgan edi.