Qonunchilikka koʻra, 1-noyabrdan davlat yongʻin nazorati organlarining ijobiy xulosasini olmasdan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini auksionga chiqarish, qurilish obyektlari loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektlardan foydalanish uchun ruxsatnoma berish taqiqlanadi.
Bunda:
- davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan xulosa berish muddati 7 kun etib belgilanadi;
- davlat yongʻin nazorati organlariga loyiha-smeta hujjatlarini kelishish uchun mazkur hujjatlarning barcha qismlari taqdim etiladi.