Prezident tomonidan 13.03.2024 yildagi “O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga yong'inlar profilaktikasi samaradorligini oshirishga qaratilgan qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish haqida”gi O'RQ-919-son Qonun imzolandi.
Yong'in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorlari oshirilmoqda.
Shu bilan birga, shaxsning ehtiyotsizligi yoki yong'in xavfsizligi qoidalarini buzganligi tufayli uy-joy fondida odamlarning sog'lig'iga zarar etishi yoxud o'zganing mol-mulki shikastlanishi yoki uning yo'q qilinishi bilan bog'liq bo'lmagan tarzda yong'in sodir bo'lganda mazkur shaxs yong'in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
Shuningdek, o'rmonlarda yong'in xavfsizligi talablarini buzish oqibatida yong'in chiqqanligi uchun javobgarlik belgilanmoqda (fuqarolarga BHMning 10 dan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga – BHMning 20 dan 25 baravarigacha).
Davlat yong'in nazorati organlariga yong'in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun tadbirkorlik sub'ektlariga ma'muriy javobgarlik choralari bevosita qo'llash vakolati berilmoqda.








