Unga koʻra, oʻrmonlarda yongʻin xavfsizligi talablarini buzish, agar yongʻin chiqishiga olib kelgan boʻlsa, quyidagi miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi:

- fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 400 ming soʻmdan 5 mln 100 ming soʻmgacha);

- mansabdor shaxslarga BHMning 20 baravaridan 25 baravarigacha (6 mln 800 ming soʻmdan 8 mln 500 ming soʻmdan).

Shuningdek, shaxsning ehtiyotsizligi yoki yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganligi tufayli uy-joy fondida odamlarning sogʻligʻiga zarar yetishi yoxud oʻzganing mol-mulki shikastlanishi yoki uning yoʻq qilinishi bilan bogʻliq boʻlmagan tarzda yongʻin sodir boʻlganda mazkur shaxs yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinadi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.