Koreya Respublikasi janubi-sharqidagi Kimxe shahridagi harbiy bazada portlash yuz berdi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
Uch nafar jabrlanganlarning kuyish jarohati hayot uchun xavfli emasligi xabar qilindi. Ular harbiy xizmatchilar emas. Yonhap agentligi xabariga ko'ra, portlash Kimxedagi ta'minot bazasida yangi qurilgan xavfli moddalarni saqlash sisternalarini tekshirish vaqtida sodir bo'lgan. Hodisa sabablari hozircha noma'lum, deb xabar beradi tass.ru.