Seul ma'lumotlariga ko'ra, uchirish mahalliy vaqt bilan taxminan 15:01 da amalga oshirilgan. Raketalar 300 kilometrga yaqin masofani bosib o'tib, dengizga qulab tushgan. Birlashgan shtab boshliqlari raketa uchirilishini “Koreya yarim orolida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi provokatsiya” deb atadi.
19-aprel kuni KXDR yangi Pyolji-1-2 zenit-raketasini sinovdan o'tkazdi, shuningdek, Xvasal-1 Ra-3 strategik qanotli raketasining o'ta yirik jangovar kallagi quvvatini sinovdan o'tkazdi. 2-aprel kuni Shimoliy Koreya o'rta masofaga uchuvchi yangi “Xvasonpxo-16B” raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazgan edi, deb xabar beradi tass.ru.