Yonhap: Shimoliy Koreya harbiylari demilitarizatsiyalangan hududdagi yo'lni minalashtirishdi

    KXDR harbiylari Koreya Respublikasi bilan chegaradagi demilitarizatsiyalangan hududda yana bir yo'lni minalashtirishdi. Bu haqda Yonhap agentligi Janubiy Koreya harbiylariga tayanib xabar berdi.

    Minalar o'tgan yil oxirida Chxorvon uyezdi yaqinidagi hududga o'rnatilgan. Yo'l 2018-yilda Koreyalararo kelishuvga asosan, hududda halok bo'lgan Koreya urushi askarlarining qoldiqlarini topish bo'yicha birgalikdagi sa'y-harakatlarni osonlashtirish maqsadida qurilgan.

    “Shimoliy Koreya o'tgan yilning oxirida 2018-yil 19-sentabrdagi harbiy kelishuvdan chiqishini e'lon qilgach, harbiy choralarni qo'llashni qayta boshladi. Armiyamiz bu borada zarur choralarni ko'rmoqda”, dedi Koreya Respublikasi Qurolli Kuchlari shtab boshliqlari qo'mitasi rasmiy vakili Li Son Chjun.

    Uning aniqlik kiritishicha, Janubiy Koreya yo'lning o'z qismini minalashtirmaydi, deb xabar beradi tass.ru.