Bu haqda Yonhap agentligi xabardor manbalarga tayanib xabar berdi.
Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, Shimoliy Koreya askarlari chegaraga yaqin joyda muhandislik ishlarini olib borishgan. Ushbu ish paytida ular tasodifan demarkatsiya chizig'ini kesib o'tishgan. Janubiy Koreya harbiylari ogohlantiruvchi o'q uzgandan so'ng, Shimoliy Koreya fuqarolari o'z mamlakatlariga qaytishgan.
Chegaradan qancha odam o'tgani yoki ular qurol olib yurganmi yoki yo'qmi noma'lum.
Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, bu yil taxminan 10 ta shunga o'xshash hodisa sodir bo'lgan.
Ulardan biri avgust oyida sodir bo'lgan. O'shanda Shimoliy Koreya harbiylari qurilish ishlari paytida demarkatsiya chizig'ini vaqtincha kesib o'tganidan keyin Janubiy Koreya askarlari 10 ta ogohlantiruvchi o'q uzishgan edi. Shimoliy Koreya Janubiy Koreyani chegarada “jiddiy provokatsiya”da aybladi. Hodisada hech kim jabrlanmagan. Shimoliy Koreya qo'shnisini qasos olish ehtimoli haqida ogohlantirdi.
Avvalroq Janubiy Koreya Shimoliy Koreya bilan chegaradagi karnaylarni demontaj qilishni boshlagan edi, deb xabar berdi gazeta.ru.








