Yonhap: Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ikkita ballistik raketa uchirdi

    Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ikkita ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo'mitasiga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi.

    Unga ko'ra, ulardan biri qisqa masofaga uchuvchi ballistik raketa va boshqasi noma'lum ballistik raketadir.

    Birinchi raketa mahalliy vaqt bilan taxminan 05:05 da uchirildi va taxminan 600 kilometr masofani bosib o'tdi, ikkinchisi – mahalliy vaqt bilan taxminan 05:15 uchirildi va taxminan 120 kilometr masofani bosib o'tdi, deya aniqlik kiritadi Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo'mitasi.

    Yonhap agentligining eslatishicha, raketa uchirilishi Pxenyanning AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiyaning qo'shma harbiy mashg'ulotlariga javob choralari haqida ogohlantirishidan keyin amalga oshirildi, deb xabar beradi tass.ru.