Qarorga muvofiq, yoqilgʻi-energetika resurslarining 2024-2025-yillarda bosqichma-bosqich oʻzgaradigan yangi narxlari hamda shu yilning 1-may sanasidan eʼtiboran, aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlandi.
Joriy yilning 1-mayidan boshlab, elektr energiyasi narxi isteʼmolchilarning I va II guruhlariga kiruvchi qismiga oʻzgarishsiz – 1 kVt·soat uchun 1000 soʻm hamda 900 soʻmdan qolmoqda.
Isteʼmolchilarning III guruhi, shu jumladan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan koʻp qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy isteʼmolchilar uchun bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:
- oyiga 200 kVt·soatgacha – 225 soʻm;
- oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 450 soʻm;
- oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 675 soʻm;
- oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 787,5 soʻm;
- oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 900 soʻmdan etib belgilanmoqda.
Qolgan maishiy isteʼmolchilar uchun esa bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:
- oyiga 200 kVt·soatgacha – 450 soʻm;
- oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 900 soʻm;
- oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 1 350 soʻm;
- oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 1 575 soʻm;
oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 1 800 soʻmdan etib belgilanmoqda.
Isteʼmolchilarning IV guruhi uchun ham narxlar oʻzgarishsiz – 1 kVt·soat uchun 900 soʻmdan qolmoqda.
Qarorda tabiiy gaz yetkazib berish narxidagi oʻzgarishlar ham belgilangan.
Barcha isteʼmolchilar uchun toʻlov miqdori oʻzgarishsiz, yaʼni bir kubometr uchun 1 500 soʻmdan qolmoqda.
Yirik ulgurji isteʼmolchilar hamda byudjet tashkilotlari uchun ham tabiiy gaz narxi oʻzgarishsiz – bir kubometr uchun 1 800 soʻmdan qolmoqda.
Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga mavsumga qarab narx belgilanmoqda. Xususan, noyabr-fevral oylari davomida bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib tegishli narx belgilanmoqda.
- oyiga 500 kub metrgacha – 650 soʻm;
- oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 soʻm;
- oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 soʻm;
- oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 soʻm;
- oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz isteʼmol qiladiganlar bir kub metr uchun 2 600 soʻmdan toʻlashlari belgilanmoqda.
Mart – oktyabr oylarida isteʼmolchilar bir oydagi isteʼmolidan kelib chiqqan holda quyidagicha haq toʻlaydi.
- oyiga 100 kub metrgacha – 650 soʻm;
- oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 soʻm;
- oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 soʻm;
- oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 soʻm;
oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz isteʼmol qiladiganlar bir kub metr uchun 2 600 soʻmdan toʻlaydilar.
Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan suyultirilgan gazning bir kilogrammi uchun toʻlov 1 600 soʻm etib belgilanyapti.
2024-yilning 1-iyunidan boshlab esa avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari uchun bir kub metr tabiiy gaz 1 800 soʻmdan yetkazib beriladi.
Qaror bilan 2025-yilning 1-aprelidan eʼtiboran bosqichma-bosqich oʻzgaradigan narxlar ham belgilab berilmoqda.
Xususan, 2025-yil apreldan boshlab, elektr energiyasi narxi isteʼmolchilarning I guruhiga kiruvchi qismiga oʻzgarishsiz – 1 kVt·soat uchun 1 000 soʻm etib belgilanyapti. II guruh isteʼmolchilar uchun ham bir kilovatt·soat elektr energiyasi 1000 soʻmdan yetkazib beriladi.
Isteʼmolchilarning III guruhi, shu jumladan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan koʻp qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy isteʼmolchilar uchun bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:
- oyiga 200 kVt·soatgacha – 300 soʻm;
- oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 500 soʻm;
- oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 750 soʻm;
- oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 875 soʻm;
- oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 1 000 soʻmdan etib belgilanmoqda.
Qolgan maishiy isteʼmolchilar uchun esa bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:
- oyiga 200 kVt·soatgacha – 600 soʻm;
- oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 1 000 soʻm;
- oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 1 500 soʻm;
- oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 1 750 soʻm;
oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 2 000 soʻmdan etib belgilanyapti.
Isteʼmolchilarning IV guruhi ham keyingi yilning
1-aprelidan eʼtiboran bir kVt·soat elektr energiyasi uchun
1 000 soʻmdan toʻlaydilar.
Tabiiy gaz yetkazib berish narxi esa quyidagicha oʻzgaradi.
Barcha isteʼmolchilar uchun toʻlov miqdori bir kubometr uchun 1 800 soʻmdan etib belgilanmoqda.
Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari uchun bir kub metr tabiiy gaz 2 500 soʻmdan yetkazib berilsa, issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari buning uchun 1 800 soʻmdan toʻlaydilar.
Aholining kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun isteʼmol qiladigan tabiiy gazi uchun narxlar oʻzgaradi. Yaʼni, kelgusi yilning 1-aprelidan eʼtiboran, noyabr-fevral oylari davomida bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:
- oyiga 500 kub metrgacha – 1 000 soʻm;
- oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 800 soʻm;
- oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 2 100 soʻm;
- oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 500 soʻm;
- oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz isteʼmol qiladiganlar bir kub metr uchun 3 000 soʻm etib belgilanyapti.
Mart – oktyabr oylaridagi bir oylik isteʼmol uchun esa quyidagicha haq toʻlanadi:
- oyiga 100 kub metrgacha – 1 000 soʻm;
- oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 800 soʻm;
- oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 2 100 soʻm;
- oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 500 soʻm;
oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz isteʼmol qiladiganlar bir kub metr uchun 3 000 soʻmdan toʻlaydilar.
Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan suyultirilgan gazning bir kilogrammi uchun toʻlov 2 000 soʻm boʻladi.
Aytish kerakki, qaror bilan 2024-yil 1-maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari ham belgilanmoqda.
Unga koʻra, elektr energiyasi bir oylik bazaviy meʼyori 200 kVt·soatni, tabiiy gaz uchun esa isitish mavsumida 500 kub metrni, boshqa mavsumda esa 100 kub metrni tashkil qilmoqda.
Isitish mavsumi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr – fevral oylarini, boshqa hududlarda esa noyabr – fevral oylarini qamrab oladi.
Isitishdan tashqari mavsum Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida mart – sentyabr oylarini, boshqa hududlarda esa mart – oktyabr oylarini qamrab olishi nazarda tutilmoqda.