Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo'linmalari xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi 32 yoshli R.K. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan, R.K. jabrlanuvchi mobil telefon qurilmasini topib olgach undagi "SIM-karta"ni o'z mobil telefoniga faollashtirgan holda bank kartasi boshqaruvini qo'lga kiritib ushbu jinoyatni amalga oshirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Qonunga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.