Ammo 4-sektorni fuqarolar taqdiriga befarq qaramasliklari meni xursand qildi. Ular bizga keraklicha yordam berib, ishlarni jiddiy tashkil etib, uyimizni taʼmirlab, oilaviy sharoitimizni ham yaxshilab beradigan boʻlishdi. Bundan judayam minnatdormiz, nafaqat men, balki butun mahallamiz aholisi sodir boʻlayotgan islohotlardan xursand,-deydi Yakkasaroy tumanida kam taʼminlangan oilada yashovchi Nargiza.
“Obod mahalla” davlat dasturiga muvofiq mahallalarda boʻlayotgan obodonlashtirish ishlari hamda aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda kam taʼminlangan oilalarga zarur moddiy yordam koʻrsatish orqali qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash maqsadida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi rahbari N. Tursunov boshchiligida tizim xodimlari mahallalar boʻylab targʻibot va tashviqot ishlarini olib bormoqda.
Soliq organi rahbarlarining Shayxontohur tumaniga tashrifi chogʻida “Gulobod” mahallasidagi bir qancha muammolar oʻz yechimini topdi.
Jumladan, mazkur mahallada istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning holidan xabar olinib mavjud muammolar bartaraf qilindi.
Epilepsiya kasali bilan ogʻringan yolgʻiz bolasini tarbiyalayotgan beva ayolga boshqarma boshligʻi tomonidan kompyuter sovgʻa qilindi. Oilaviy sharoitini yaxshilash maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Shuningdek, 4-sektor mutasaddilari mahalladagi yashash sharoiti ogʻir boʻlgan yana bir xonadonga tashrif buyurishdi. Oilaviy sharoiti tufayli davolana olmayotgan, onkologik kasal boʻlgan ayol, davolanishi uchun kasalxonaga order va dori darmonlar bilan taʼminlanadigan boʻldi.
Bundan tashqari yana bir kam taʼminlangan oila murojaati tinglanib unga ham tegishli yordam koʻrsatiladigan boʻldi va ushbu xonadonlarning hammasi oziq-ovqat bilan taʼminlandi.
Shayxontohur tumanida bu xonadonlardan tashqari yordamga muhtoj oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida tuman soliq inspeksiya rahbariga bir qator koʻrsatmalar berildi.
Mahallabay uchrashuvlar davomida shahar soliq boshqarmasi mutasaddilari Yakkasaroy tumani Damariq mahallasiga tashrif buyurishdi va shu mahallada istiqomat qiluvchi U. Joʻrayevning qurilishi chala qolgan uyi tomini yopib, taʼmirlash ishlari 10 kunda toʻliq bitkazilishini taʼminlab berishdi.
Kam taʼminlangan ushbu oilaning uyida yashash uchun zarur qulayliklar yaratib berildi.
Mahallabay uchrashuvlarda mahallalarda nogironligi boʻlgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning uy-joylari taʼmirlab berildi.