Yoʻrgʻa tuvaloqlar tabiatga qoʻyib yuborildi

    Yoʻrgʻa tuvaloqlar 2009-yilda Oʻzbekiston “Qizil kitobi”ga noyob tur sifatida kiritilgan. Ular Qizilqum choʻllarida yashaydi.

    Joriy yilning 29-sentyabr kuni “Qizil kitob”ga kiritilgan yoʻrgʻa tuvaloqlar yovvoyi tabiatga qoʻyib yuborildi. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda “Falcon Hunting Solutions” kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil kitob”i hamda Tabiatni muhofaza qilish xalqaro Uushmasi “Qizil kitob”iga kiritilgan va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan noyob qush – yoʻrgʻa tuvaloqlar Qoraoʻzak tuman “Qoybaq” OFY hududiga qoʻyib yuborildi. Tabiat qoʻyniga 1031 bosh qush uchirma qilingan boʻlib, ular Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli boʻlgan “International fund for houbara conservation” markazida koʻpaytirilgan.

    Eslatib oʻtamiz, yoʻrgʻa tuvaloqlar 2009-yilda Oʻzbekiston “Qizil kitob”iga noyob tur sifatida kiritilgan. Ular Qizilqum choʻllarida yashaydi. Ularning soni va yashash maydoni 1960-yillardan boshlab qisqarishni boshlagan, deb xabar beradi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya qoʻmitasining matbuot xizmati.