Shaxmat va shashka boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchi-yoshlari ishtirok etadi. 200 nafarga yaqin umidli sportchilarni oʻzida jamlovchi ushbu musobaqa respublika final bosqichi dasturidan oʻrin olgan oʻn uchinchi musobaqa hisoblanadi.

Bugundan sportchi yoshlar oʻgʻil bolalar va qizlar toifasida musobaqalarda oʻz ishtirokini boshlaydi. Turnir yakunida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Maʼlumot uchun, “Barkamol avlod” sport oʻyinlarining respublika final bosqichi doirasidagi eng soʻnggi musobaqa – stol tennisi boʻyicha boʻlib oʻtadi.